суббота, 6 июня 2015 г.

CHIQINDILAR MUAMMOSI

BUGUNGI KUNDA DUNYo MIQYoSIDA ChIQIN­DILAR MUAMMOSI ENG DOLZARB EKOLOGIK MASALALARDAN BIRIGA AYLANIB BORMOQ­DA. TAHLILLAR KO‘RSATMOQDAKI, SO‘NGGI YILLARDA MAIShIY VA SANOAT ChIQINDI­LARI YILDAN YILGA KO‘PAYIB BORAYaPTI. AYNIQSA, XX ASRNING IKKINChI YaRMIDAN BOShLAB MAIShIY ChIQINDILAR HAJMINING O‘SIShI EKOLOGIK BARQARORLIKKA JUDA KATTA SALBIY TA’SIR KO‘RSATA BOShLADI. Dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida qattiq maishiy chiqindilar aholi jon boshiga har yili 1 foizga oshmoqda. Hozirgi kunda chiqindilarning 800 dan ortiq turi qayd etilgan bo‘lib, ular sonining kelgusida yanada ortishi bashorat qilinmoqda. Energetika, rangli va qora metallurgiya, kimyo sanoati va qurilish industriyasi ob’ekt­lari chiqindi hosil qiluvchi, atrof-muhitni ifloslantiruvchi asosiy manbalar hi­soblanadi. Aytish joizki, atrof-muhitni ishlab chiqarish va iste’mol chiqindilaridan muhofaza qilish tabiiy resurslardan oqilona foydalanish ham­da ekologik toza texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etish muammolari bilan uzviy bog‘liqdir. Ko‘p asrlar davomida chiqindilarni noto‘g‘ri bosh­qarish tabiiy resurslarning o‘zgarishiga, tabiatning kutilmagan o‘zgarishlariga sabab bo‘lmoqda. Tibbiyot chiqindilari atrof-muhit va uning deyarli barcha elementlari — suv, havo, tuproq, oziq-ovqat mahsulotlarining ifloslanishi sababli aholi orasida na­faqat to‘g‘ridan-to‘g‘ri, balki, bilvosita infeksion va noinfeksion kasalliklarning tarqalishi xavfini tug‘diradi. Shuning uchun mazkur muam­moga jiddiy yondashish taqozo etilmoqda. Shuni ta’kidlash joizki, bu chiqindilarning 80 foizini organik moddalar tashkil qi­ladi va ularni qayta ishlash natijasida katta miqdordagi energiya va energiya tashuvchilarni ishlab chiqarish mumkin. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, maishiy chiqindilar butun dunyoda arzon xomashyo hi­soblanadi. Rivojlangan mamlakatlar tajribasi uning 85 foizini qayta ishlash mumkinligini ko‘rsatmoqda. Shimoliy Yevropa mamlakatlarida allaqachon chiqindilarni alohida yig‘ish yo‘lga qo‘yilgan, natijada qog‘oz, plastik, alyuminiy kabi xomashyoning katta qismi qayta ishlashga yuboriladi. Bu jarayonning ekomuhitga ijobiy ta’siri juda katta. Chiqindilarni qay­ta ishlash energiya va xomashyo­ni sezilarli darajada tejaydi. Statistik ma’lumotlarga ko‘­ra, Yaponiyada rezina va kabel buyumlarining 34 foizi, shi­sha buyumlarning 43 foizi, qog‘oz va kartonning 54 foizi chiqindini qayta ishlash evaziga olinarkan. Bu borada Xitoy tajribasi yanada hayratlanarli. Ular alyuminiy, temir, mis kabi metallardan yasalgan buyumlarning 33 foizini, jun, ipak, charm-attorlik buyumlarining 34 foizini turli chiqindilarni qayta ishlashdan olishadi Manba: http://www.uzbekistonovozi.uz Tabiiyki chiqindini qayta ishlash (CHQI)yo'lda qo'yilmagan ko'pgina joylarda chiqindilarni tashqi muhitga to'g'ridan to'g'ri tashlash tabiatni jiddiy ifloslanishiga olib kelmoqda. Agar bunday sharoitlar siz yashaydigan hududlarda yo'q bo'lsa sizdan talab qilinadigani faqatgina chiqindilar maxsus chiqindi idishlariga tashlash holos. Ammo bazida 1 qadam yurishdan erinib ko'plab zararli chiqindilarni ochiq muhitga tashlayotgamlar ham yo'q emas oramizda. Bunday holatlar asosan shahar chekkasi, qishloqlar yoki mahallalarda kuzatilmoqda. Ayniqsa dalalar, ochiq maydon yoki qir adirga yaqin hududlarda, qishloqlarda bunday chiqindilarni mana shunday ajoyib dalargayu qir adirlarga to'kish holatlari kuzatilmoqda va bu holatlar ayanchli turli badbuy hidlar chiqshi yoki turli xildagi epidimayalogik kasalliklar kelib chiqishiga olib kelmoqda. Sizdan ham iltimos ham talab shuki bunday holatlarni oldini olish uchun o'z hissangizni qo'shing. TABIATNI ASRAYLIK AZIZLAR !!!

1 комментарий: