суббота, 6 июня 2015 г.

CHIQINDILAR MUAMMOSI

BUGUNGI KUNDA DUNYo MIQYoSIDA ChIQIN­DILAR MUAMMOSI ENG DOLZARB EKOLOGIK MASALALARDAN BIRIGA AYLANIB BORMOQ­DA. TAHLILLAR KO‘RSATMOQDAKI, SO‘NGGI YILLARDA MAIShIY VA SANOAT ChIQINDI­LARI YILDAN YILGA KO‘PAYIB BORAYaPTI. AYNIQSA, XX ASRNING IKKINChI YaRMIDAN BOShLAB MAIShIY ChIQINDILAR HAJMINING O‘SIShI EKOLOGIK BARQARORLIKKA JUDA KATTA SALBIY TA’SIR KO‘RSATA BOShLADI. Dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida qattiq maishiy chiqindilar aholi jon boshiga har yili 1 foizga oshmoqda. Hozirgi kunda chiqindilarning 800 dan ortiq turi qayd etilgan bo‘lib, ular sonining kelgusida yanada ortishi bashorat qilinmoqda. Energetika, rangli va qora metallurgiya, kimyo sanoati va qurilish industriyasi ob’ekt­lari chiqindi hosil qiluvchi, atrof-muhitni ifloslantiruvchi asosiy manbalar hi­soblanadi. Aytish joizki, atrof-muhitni ishlab chiqarish va iste’mol chiqindilaridan muhofaza qilish tabiiy resurslardan oqilona foydalanish ham­da ekologik toza texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etish muammolari bilan uzviy bog‘liqdir. Ko‘p asrlar davomida chiqindilarni noto‘g‘ri bosh­qarish tabiiy resurslarning o‘zgarishiga, tabiatning kutilmagan o‘zgarishlariga sabab bo‘lmoqda. Tibbiyot chiqindilari atrof-muhit va uning deyarli barcha elementlari — suv, havo, tuproq, oziq-ovqat mahsulotlarining ifloslanishi sababli aholi orasida na­faqat to‘g‘ridan-to‘g‘ri, balki, bilvosita infeksion va noinfeksion kasalliklarning tarqalishi xavfini tug‘diradi. Shuning uchun mazkur muam­moga jiddiy yondashish taqozo etilmoqda. Shuni ta’kidlash joizki, bu chiqindilarning 80 foizini organik moddalar tashkil qi­ladi va ularni qayta ishlash natijasida katta miqdordagi energiya va energiya tashuvchilarni ishlab chiqarish mumkin. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, maishiy chiqindilar butun dunyoda arzon xomashyo hi­soblanadi. Rivojlangan mamlakatlar tajribasi uning 85 foizini qayta ishlash mumkinligini ko‘rsatmoqda. Shimoliy Yevropa mamlakatlarida allaqachon chiqindilarni alohida yig‘ish yo‘lga qo‘yilgan, natijada qog‘oz, plastik, alyuminiy kabi xomashyoning katta qismi qayta ishlashga yuboriladi. Bu jarayonning ekomuhitga ijobiy ta’siri juda katta. Chiqindilarni qay­ta ishlash energiya va xomashyo­ni sezilarli darajada tejaydi. Statistik ma’lumotlarga ko‘­ra, Yaponiyada rezina va kabel buyumlarining 34 foizi, shi­sha buyumlarning 43 foizi, qog‘oz va kartonning 54 foizi chiqindini qayta ishlash evaziga olinarkan. Bu borada Xitoy tajribasi yanada hayratlanarli. Ular alyuminiy, temir, mis kabi metallardan yasalgan buyumlarning 33 foizini, jun, ipak, charm-attorlik buyumlarining 34 foizini turli chiqindilarni qayta ishlashdan olishadi Manba: http://www.uzbekistonovozi.uz Tabiiyki chiqindini qayta ishlash (CHQI)yo'lda qo'yilmagan ko'pgina joylarda chiqindilarni tashqi muhitga to'g'ridan to'g'ri tashlash tabiatni jiddiy ifloslanishiga olib kelmoqda. Agar bunday sharoitlar siz yashaydigan hududlarda yo'q bo'lsa sizdan talab qilinadigani faqatgina chiqindilar maxsus chiqindi idishlariga tashlash holos. Ammo bazida 1 qadam yurishdan erinib ko'plab zararli chiqindilarni ochiq muhitga tashlayotgamlar ham yo'q emas oramizda. Bunday holatlar asosan shahar chekkasi, qishloqlar yoki mahallalarda kuzatilmoqda. Ayniqsa dalalar, ochiq maydon yoki qir adirga yaqin hududlarda, qishloqlarda bunday chiqindilarni mana shunday ajoyib dalargayu qir adirlarga to'kish holatlari kuzatilmoqda va bu holatlar ayanchli turli badbuy hidlar chiqshi yoki turli xildagi epidimayalogik kasalliklar kelib chiqishiga olib kelmoqda. Sizdan ham iltimos ham talab shuki bunday holatlarni oldini olish uchun o'z hissangizni qo'shing. TABIATNI ASRAYLIK AZIZLAR !!!

воскресенье, 31 мая 2015 г.

Ozon qatlamining yemirilish sabablari.

Sayyoramizning havo qobig‘idagi chaqmoq chaqishi tufayli kislorod oksidlanib va boshqa yo'llar orqali doimiy ravishda ozon paydo bo‘lib turadi. Olimlarning ta’kidlashicha — ozon qatlami turli sabablarga ko‘ra siyraklashishi mumkin. Bugun insoniyat ozon qatlamining teshilishi oqibatida sayyoramizda iqlim o‘zgarishi, cho‘llanish, aholi orasida turli xastaliklar tarqalishi, global isish jarayonidan aziyat chekayapti. Ma’lumki, ozon miqdorining kamayishiga xo‘jalik faoliyatida XFU (xlor ftor uglerodlar), bromli, metil, galonlar, erituvchilar kabi birikmalarning ishlatilishi sabab bo‘lyapti. Bu holatni bartaraf etsih uchun turli chora tadbirlar olib borilmoqda. Ammo natijasi sezilmayapti. Hozirgi kunga kelib dunyo bo'ycha eng ko'p zararli gazlar va chiqindilar chiqarayotgan mamlakat AQSH hisoblanadi. Birgina AQSH ning o'zidayoq cho'llanish va havo haroratining ko'tarilishi natijasida mamlakatning bir qancha hududlari cho'llarga aylanib bormoqda. Oldin o'rmonzor va yam yashil vodiylar bo'lgan yaylovlar qurugan tuproqqa aylanmoqda. Bunday holatlarni oldini olish uchun har qancha targ'ibot tashviqot ishlari olib borilmasin, o'zimiz bunga loqaydlik, befarqlik qilib bunga amal qilmasak barcha urinishlar befoyda deb o'ylayman. Qozonda bori cho'michga chiqadi deganlaridek, biz sizga faqat va faqat haqiqatni so'zlaymiz. Hulosa chiqarish esa o'zingizga havola. Shunday ekan YERIMIZNI VA ONA TABIATIMIZNI ASRAYLIK AZIZLAR !!!

среда, 13 мая 2015 г.

Bugungi kunga kelib global muammolardan bo'lib turgan is gazi soddaroq qilib aytganganda korbanat angidridning uzluksiz ravishda yer atmosferasiga tarqalayotgani sababli ulkan muammolar kelib chiqmoqda. Zavod, fabrika va boshqa turli sanoat korxonalaridan chiqayotgan bu zahar bilan kurashish uchun qator tadbirlar o'tkazilmoqda. Ammo bu ishlarning samarasi sezilmayapti. Shu yili K.A ning atmosferadagi ulushining eng yuqori ko'rsatkichi qayd etildi. Sizga ma'lumki k.a havo haroratini ko'taradi, shunday ekan yaqin yillar ichida havo harorati yer yuzi bo'yicha +1 darajaga ko'tarildi bu esa ming yillardan beri bizga meros bo'lib kelayotgan arktika muzliklari erib bitishi uchun yetarli. Agar biz mana shu tarzda davom etaversak yaqin 35 yil ichida havo harorati +7-8 darajagacha ko'tarilishi mumkin. Bu esa butun yer yuzi bo'yicha flora va fauna dunyosi yo'q bo'lib ketishi demakdir. Shunday ekan insoniyat qanday qilib bo'lmasin muqobil bioenergiya vositalari ishlatishi poliyetelin qog'ozlardan tabiy vositalarga o'tishi va hokazo bir qator muammolarni hal qilishi zarur. Sizdan talab qilinadigani esa bu maqolani o'qib o'zingizga kerakli hulosani chiqarish xolos. Shunday ekan tabiatni asraylik va undagi ne'matlardan to'g'ri foydalanaylik azizlar !!!

.